ZAMONAVIY ALOQADA MOHIYAT-ALOQA MODELINING AHAMIYATI
Annotatsiya
Ushbu maqolada mohiyat-aloqa modeli va uning zamonaviy kommunikatsiya jarayonidagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Mohiyat-aloqa modeli, axborot yuboruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasidagi samarali va tushunarli muloqotni ta‘minlash uchun asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, internet va mobil aloqa vositalarining jadal rivojlanishi aloqaning tezkorligini oshirgan bo‘lsa-da, yangi turdagi shovqinlar va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Maqola, ushbu muammolarni bartaraf etish uchun mohiyat-aloqa modelining o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashuvchanligini va kelajakda texnologik taraqqiyot bilan uyg‘un rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqadi. Muhim komponentlar sifatida shovqinlarni kamaytirish, to‘g‘ri aloqa kanallarini tanlash va madaniyatlararo muloqotning ahamiyati alohida yoritilgan.
Hali tarjima qilinmagan