Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Texnologik taʼlim yoʻnalishi talabalarida texnik tushunchalarni rivojlantirish toʻgʻrisida

Feruza YusupovaFarg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2025en
ABI

Annotatsiya

Oliy ta’lim oldida, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni modernizatsiyalashning muhim vazifalaridan biri sifatida ta’lim ti zimini isloh qilish, modernizatsiyalash va bo‘lajak mutaxasislarni innovatsion va texnik-texnologik yondashuv vositasida tarbiyalash, xorijiy tajribalarni va sohaning so‘nggi yutuqlarini o‘rganish, qo‘llash va takomillashtirishga hissa qo‘shish kabi dolzarb va keng qamrovli muammolar yechimi turibdi. Bu vazifalar parametrlari va ishlab chiqarish faoliyatining barcha sohalarida maqsadga muvofiqlik mezonlarini, ayniqsa, yangi g‘oyalarni tashuvchilar va ularning kelajakdagi ijrochilarini shakllantiradigan “ta’lim-innovatsiya” tizimini yaratish, ishlab chiqarish jarayonida innovatsion va nostandart yechimlarni topa oladigan mutaxasislarni tayyorlash orqali hal qilinadi. Innovatsion ta’lim tizimining eng muhim jihatlaridan biri uning bosqichlari o‘rtasidagi hamda fanlararo integratsiyasini ta’minlashdan iboratdir. Shuning uchun ham ta’limning turli bosqichlarida integratsiya, uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash metodikasini ishlab chiqish masalasi har doim ta’lim tizimining dolzarb muammolaridan hisoblangan

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba