Chet tilini oʻqitishda autentik video-materiallardan foydalanishning nazariy asoslari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqola “Chet tilini o‘qitishda autentik video materiallardan foydalanib akademik litsey o‘quvchilarining ijtimoiy-madaniy kompetensiyani shakllantirish” samarali usullari tahlil qilingan. Har qanday til o‘rganuvchi uchun xorijiy (ona tili bo‘lmagan) tilni o‘rganish qiyinchiliklar tug‘diradi. Ana shunday qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida, dastlab, til o‘rganuvchilarning kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, til o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi tomonidan turli yoshdagi til o‘rganuvchilarga taqdim etilayotgan audio va videomateriallarni saralash bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Til o‘rgatish jarayonida videomateriallar muhim ahamiyatga ega. Audio va videomateriallardagi nutq egasining fikri, psixo-emotsional holati, yuz ifodalari, imo-ishoralari yodamida talabalarning til o‘rganish imkoniyati yanada ortadi.
Hali tarjima qilinmagan