Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ANESTEZIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA ENTRUSTABLE PROFESSIONAL ACTIVITIES (EPA) TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANIB TALABALARGA MALAKAVIY TAʼLIM BERISH

2025uz
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by-sa

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada anesteziologiya-reanimatologiya fanini oʻqitishda Entrustable Professional Activities (EPA) texnologiyasini tatbiq etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Hozirgi zamon tibbiy taʼlimida kompetensiyaga asoslangan yondashuv markaziy oʻrinda turib, har bir talabaning klinik faoliyatga tayyorlik darajasini aniq mezonlar asosida baholashni taqozo etadi. EPA konsepsiyasi oʻquv jarayonida talabaning faqat nazariy bilimini emas, balki real klinik holatlarda mustaqil qaror qabul qilish, kasbiy javobgarlikni his etish va jamoaviy hamkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada EPA texnologiyasining metodologik asoslari, anesteziologiya fanida simulyatsion oʻqitish bilan integratsiyasi, klinik topshiriqlar orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini bosqichma-bosqich rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari EPA texnologiyasi talabalarning amaliy tayyorgarligini, reflektiv tahlil koʻnikmalarini va masʼuliyatli qaror qabul qilish madaniyatini sezilarli darajada oshirishini koʻrsatdi. Shuningdek, maqolada EPA baholash darajalari, indikatorlari va ularni oʻquv dasturlariga integratsiya qilish boʻyicha takliflar keltirilgan. Ushbu yondashuv kelajakdagi anesteziolog mutaxassislarni tayyorlashda samarali model sifatida tavsiya etiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba