Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

O‘ZBЕKISTONDA IQTISODIY O‘SISH VA TURIZM RIVOJI: XALQARO TURISTLAR OQIMIGA TA’SIR TAHLILI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Globallashuv sharoitida iqtisodiy o‘sish jarayonlari turizm industriyasida chuqur strukturaviy o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining asosiy ko‘rsatkichlari bilan xalqaro turistlar oqimi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tizimli tahlil qilindi. Tadqiqotda 2016-2024 yillar davomida xalqaro sayyohlar soni dinamikasi, turizm infratuzilmasining kengayishi, investitsion oqimlar, hududiy rivojlanish jarayonlari hamda xizmatlar sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, iqtisodiy o‘sishning turizm talabiga ta’siri, davlat siyosati va islohotlarning sektorga qo‘shimcha impulsi, pandemiya davri va undan keyingi tiklanish tendensiyalari ilmiy asosda baholandi. Tadqiqot natijalari xalqaro turistlar oqimini ko‘paytirish, eksportga yo‘naltirilgan xizmatlar ulushini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba