GLIOBLASTOMALI AYOLLARDA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLAR TAHLILI VA ULARNING PROGNOSTIK AHAMIYATI
Annotatsiya
Glioblastoma inson miyasining eng agressiv birlamchi shishlaridan biri hisoblanadi va uning patogenezida yallig‘lanish hamda metabolik o‘zgarishlar katta ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda 18 nafar ayol glioblastoma bilan kasallangan bemorlarda qator biokimyoviy ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Jigar fermentlari (APDEA, ALT, AST) va bilirubin ko‘rsatkichlari biroz ko‘tarilgan bo‘lib, yallig‘lanish va jigar-biliar tizimidagi metabolik o‘zgarishlarni aks ettirdi. Siydik kislota (UA) va laktatdegidrogenaza (LDH) yuqori darajada aniqlandi, bu o‘sma hujayralarida purin almashinuvi va energiya metabolizmining kuchayganidan dalolat berdi. Kalsiy, magniy, fosfor va temir ko‘rsatkichlari asosan normal diapazonda saqlandi, ammo magniyning biroz pastligi energiya almashinuvidagi buzilishlarga ishora qildi. Umuman, olingan natijalar glioblastomali bemorlarda biokimyoviy disbalans mavjudligini ko‘rsatdi va ushbu ko‘rsatkichlar kelgusida prognostik biomarker sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.