KICHIK BIZNESNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA ILMIY YANGILIKLARNING AHAMIYATI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Annotatsiya: Maqolada kichik biznesning raqobatbardoshligini oshirishda ilmiy yangiliklarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy ishlanmalarni biznes jarayonlariga tatbiq etish, yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va bozor raqobatbardoshligini kuchaytirish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, startap loyihalar, texnoparklar va innovatsion klasterlar orqali ilmiy yangiliklarning kichik biznesga tatbiq etilishi, biznes subyektlarining innovatsion salohiyatini kengaytirish va yuqori qo‘shimcha qiymat hosil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ilmiy yangiliklarning biznesni rivojlantirishdagi strategik ahamiyatini ochib beradi va iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.