Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

TAʼLIM TASHKILOTLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING MARKETING SAMARADORLIGIGA TAʼSIRI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada taʼlim tashkilotlarida raqamli transformatsiya jarayonining marketing samaradorligiga taʼsiri empirik maʼlumotlar asosida tahlil qilinadi. DATA UNION MCHJning 2021–2024-yillardagi iqtisodiy koʻrsatkichlari, marketing faoliyati, talabalar soni, foyda marjasi, ROI hamda raqamli infratuzilma xarajatlari oʻrganildi. Tadqiqotda korrelyatsion tahlil, tendensiyalarni baholash, raqamli transformatsiyaning oʻsish koʻrsatkichlariga taʼsirini aniqlovchi regressiya modeli qoʻllanildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, raqamli transformatsiya marketing samaradorligini sezilarli oshirgan: marketing xarajatlari va tushum oʻrtasidagi bogʻliqlik r=0.99 darajasida, raqamli platformalarning joriy etilishi esa talabalar sonining oʻsishiga bevosita taʼsir qilgan. Maqola taʼlim tashkilotlarida raqamli transformatsiya strategiyalarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy va amaliy takliflar beradi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba