Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

"INSON KAPITALINING METODOLOGIK ASOSLARI, YONDASHUVLAR VA USLUBLAR"

2025uz
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada inson kapitali tushunchasining metodologik asoslari, uni oʻrganishga oid asosiy nazariy yondashuvlar hamda tadqiqot uslublari tahlil qilingan. Inson kapitalini iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarning markaziy omili sifatida talqin etuvchi yondashuvlar solishtirilib, neoklassik, institutsional, innovatsion, ijtimoiy hamda kompetensiyaga asoslangan konsepsiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, inson kapitalini oʻlchash, baholash va tahlil qilishda qoʻllaniladigan iqtisodiy-statistik, iqtisodiy-matematik va sifat (kvalitativ) uslublarning afzallik va cheklovlari yoritilgan. Maqola yakunida inson kapitali tadqiqotlarini takomillashtirish boʻyicha metodologik takliflar berilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar