O'ZBEKISTONDA KLASTER IQTISODIYOTI: INVESTITSIYALAR, EKSPORT VA SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI (2022-2024-YILLAR KESIMIDA)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida klasterlashuv jarayonining shakllanishi va rivojlanishi tahlilqilinadi. Klaster tizimi nisbatan yangi bo‘lsa-da, investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va eksportsalohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqotning maqsadi – klasterlarning ishlab chiqarish, investitsiya vaeksport ko‘rsatkichlari dinamikasini o‘rganishdir. 2022-2024-yillar statistikasi klasterlarning ishlab chiqarish hajmi barqaroro‘sib borayotganini, investitsiyalar infratuzilmani modernizatsiya qilayotganini va eksport ko‘rsatkichlari xalqaro bozorlardaraqobatbardoshlikni kuchaytirayotganini ko‘rsatdi. Natijalar klaster tizimining O‘zbekiston iqtisodiyotida zamonaviy ishlabchiqarish modeli sifatida shakllanayotganini tasdiqlaydi