Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

KICHIK BIZNESDA RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI VA RAQAMLI TA'LIMNING INTEGRATSIYASI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyotning asosiy tendensiyasi bo‘lgan raqamlashtirish jarayonlarining kichik biznes sohasidagi ahamiyati va ulardan samarali foydalanish yo‘llari tahli qilinadi. Tadqiqotda kichik biznes subyektlarining raqamli transformatsiyaga moslashish jarayonida duch keladigan asosiy muammolar: texnologik tayyorgarlikning yetishmasligi, moliyaviy resurslar cheklovi, raqamli ko‘nikmalar etishmovchiligi va an’anaviy biznes jarayonlarini o‘zgartirish qiyinchiliklari ko‘rib chiqiladi. Maqolaning asosiy e’tibori raqamli ta’lim vositalari va platformalarining kichik biznesni rivojlantirishda tutgan o‘rni va ularning integratsiyasi mexanizmlariga qaratilgan. Raqamlashtirish va raqamli ta’limning o‘zaro bog‘liq holda rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan ijobiy o‘zgarishlar, jumladan, operatsion samaradorlikning oshishi, mijozlar bazasining kengayishi, raqobatbardoshlikning oshishi va yangi biznes modellarining paydo bo‘lishi kabi jihatlar yoritilgan. Tadqiqotda raqamli ta’lim dasturlarini kichik biznes ehtiyojlariga moslashtirish, arzon va samarali o‘quv resurslarini yaratish, hamda davlat-shavkat-xususiy sheriklik modelini joriy etish yo‘li bilan raqamlashtirish jarayonlarini jadalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytganda, kichik biznesning raqamli transformatsiyasi nafaqat texnologiyalarni joriy etish, balki kadrlar tayyorlash, raqamli madaniyatni shakllantirish va uzluksiz o‘qitish tizimini yaratish orqali amalga oshirilishi ta’kidlanadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar