Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

RESURS-TEJAMKOR VA TUPROQNI HIMOYALOVCHI TEXNOLOGIYANING TUPROQ AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA’SIRI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada no-till texnologiyasi sharoitida turli me’yorlarda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta‘siri o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida tuproqning 0-20 va 20-40 sm qatlamlarida gumus miqdori, harakatchang fosfor va almashinuvchang kaliy miqdorlarining vegetatsiya boshidagi va oxiridagi o‘zgarishlari tahlil qilindi. Olingan natijalar no-till texnologiyasini tuproq unumdorligini saqlashda muhim ahamiyatga ekanligini ko‘rsatdi. Mineral o‘g‘itlar qo‘llangan variantlarda gumus miqdori nisbatan barqaror saqlanib, fosfor va kaliy elementlarining o‘simliklar uchun mavjud shakllari oshdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, N100,P70,K50 va N125,P90,K60 o‘g‘it meyorlari tuproqning agrokimyoviy holatini yaxshilash va barqaror saqlash nuqtayi nazaridan eng samarali variantlar sifatida baholandi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar