KORXONALARDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNING XALQARO STANDARTLARGA MUVOFIQLIGI VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot O‘zbekistonda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish jarayoni va uning moliyaviy hisobot sifati, shaffoflik hamda investitsion jozibadorlikka ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlandi. Tadqiqot 2019–2024 yillardagi joriy etilish dinamikasi va iqtisodiy samaradorlikni tahlil qilishga qaratildi. Sifatli yondashuv, normativ-huquqiy hujjatlar va rasmiy statistik ma’lumotlar tahlili asosida xalqaro standartlarning afzalliklari va muammolari aniqlashtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, standartlar asosida hisobot beruvchi korxonalar soni, malakali buxgalter va auditorlar ulushi ortgan, moliyaviy axborot shaffofligi oshgan, investitsiyalar hajmi va kapital bozorlarida ishtirok etuvchi korxonalar soni ko‘paygan. Shu bilan birga, ayrim korxonalarda qisqa muddatli moslashuv holatlari kuzatilgan. Tadqiqot xulosalari xalqaro moliyaviy hisobot standartlari moliyaviy shaffoflikni oshirish va investor ishonchini mustahkamlashda muhim ekanini ko‘rsatadi.