RAQAMLI BANKLAR FAOLIYATIDA RESURS BAZASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli banklar faoliyatida resurs bazasi samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida “TBC Bank” va “ANOR BANK” misolida banklarning majburiyatlar, depozitlar va kredit portfeli tarkibi o‘rganilib, resurs bazasining shakllanishi hamda undan foydalanish samaradorligi baholandi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, bank resurs bazasining asosiy qismini depozit mablag‘lari tashkil etib, ularning kredit operatsiyalariga yo‘naltirilish darajasi yuqori. Shu bilan birga, kredit portfeli tarkibining yetarli darajada diversifikatsiya qilinmaganligi resurs bazasi samaradorligini oshirishda muhim muammolardan biri ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida raqamli banklarda resurs bazasi samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi