Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

ILK VA RIVOJLANGAN O‘RTA ASRLARDA ISHTIXAN SHAHRINING TARIXIY TOPOGARFIYA VA LOKALIZATSIYA MASALLARI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada Samarqandning g‘arbiy qismida joylashgan Ishtixanning tarixiy topografiyasi va uning tarkibida bo‘lgan shahar va qishloqlari tahlil etilgan. Ishtixan Xitoy manbalarida Sao, arab – fors manbalarida Ishtixan deb nomlanib, yozma manbalar, shuningdek, kartografik tadqiqotlar natijasida uning tarkibida bo‘lgan Rastag‘far – Boyliota bilan, Muzan-Muzan, Bardod – Kumushkent, Zar-Jar, Farankat yoki Afrankad – Primkent, Sog‘arj - Sog‘ishtepa–Arktepa arxeologik yodgorliklari bilan lokazizatsiya qilingan. Shuningdek, mavjud manbalarning ilmiy tahlili asosida Ishtixan shahri Kushoniya bilan chegaradosh bo‘lib, hukmdorlik hozirgi Oqdaryo va Qoradaryo oralig‘ida, ya’ni Dahbetdan Ishtixonning Azamat qishlog‘igacha bo‘lgan hududlarni qamrab olgani borasida fikr malohazalar bayon etilgan. Manbalarda qayd etilgan Sog‘arj tog‘lari hozirgi Qoraqchitog‘ va qisman unga tutashgan Oqtog‘ tizmalari nazarda tutilib, Ishtixan ushbu tog‘lar orqali shimol va shimoli – g‘arbda Buxoro viloyatidagi Nuri qishloqlaridan bo‘lgan Cho‘sh (Jo‘sh) bilan chegaradosh bo‘lganligi borasida xulosalar qilingan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba