Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

XUSUSIY OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH USLUBIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

2025uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

So‘nggi yillarda barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlardagi asosiy urg‘u oliy ta’lim muassasalarida talabalarning jahon andozalariga mos sifatli bilim olishlarini ta’minlash, professor-o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, oliy ta’limning ilg‘or standartlari va innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy fikrlaydigan Yangi O‘zbekistonning yangi kadrlarini shakllantirish, muxtasar qilib aytganda, ta’lim sifatini keskin oshirishga qaratilmoqda. Bu borada, avvalambor, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro standart va yo‘riqnomalarni o‘rganish, ular asosida ta’lim sifatini baholashning milliy me’yor va mezonlarini ishlab chiqish, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish asosiy maqsad etib belgilangan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba