O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA BELGILANGAN NORMALAR ASOSIDA ZAMONAVIY SIFATLI TA’LIM TIZIMINI YARATISH VA INSON QADRINI TA’MINLASHNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida belgilangan inson qadri, tenglik va adolat tamoyillarining zamonaviy sifatli ta’lim tizimini yaratishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, Konstitutsiyada aks etgan “O‘zbekiston xalqi”, xalq hokimiyati, inson huquqlarining ustuvorligi hamda ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar kabi normalarning ta’lim sohasiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kabi xalqaro me’yorlarning milliy ta’lim siyosati bilan uyg‘unligi ko‘rsatib beriladi. Maqola zamonaviy ta’limni inson qadri, huquqiy asoslar va demokratik tamoyillar bilan uyg‘un holda rivojlantirish zarurligi haqida xulosa beradi.
Hali tarjima qilinmagan