RAQAMLI ASRDA KOMPETENSIYALARNING “PISA” BAHOLASH DASTURI ASOSIDA SHAKLLANISH MEXANIZMLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston ta’lim tizimida yoshlarning dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, xalqaro baholash dasturlari, xususan, PISA dasturining metodik yondashuvlari va ularning ta’lim sifatiga ta’sirini ilmiy asosda tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida komparativ pedagogika, kontent-tahlil, statistik tahlil, tizimli yondashuv, pedagogik diagnostika va ta’lim falsafasi metodlaridan foydalanildi. Ushbu metodlar orqali davlat ta’lim siyosati, yoshlar rivojiga oid milliy hujjatlar, global tajribalar hamda PISA natijalari ko‘p qirrali o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, PISA o‘quvchilarning funksional savodxonligini baholash orqali ta’lim jarayonida amaliy ko‘nikmalar va kompetensiyalarni rivojlantirish zaruriyatini ochib beradi. Yoshlarning tanqidiy fikrlashi, axborotni tahlil qilish qobiliyati va ijtimoiy faolligi ta’lim sifati bilan bevosita bog‘liq ekani aniqlandi.
Hali tarjima qilinmagan