YANGI OʻZBEKISTON IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTIDAGI ROʻY BERAYOTGAN OʻZGARISHLARNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA AKS ETISHI.
Annotatsiya
Ushbu maqola 2017–2024-yillarda Yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy‑iqtisodiy va madaniy hayotidagi islohotlari qanday xalqaro reyting va indekslarda namoyon boʻlayotganini tahlil qiladi. Tadqiqotda o‘nlab mamlakatni qamrab oluvchi yettita asosiy indikator: Doing Business (Ease of Doing Business), Inson rivojlanishi indeksi (HDI), Global innovatsiya indeksi (GII), Iqtisodiy erkinlik indeksi, Matbuot erkinligi indeksi, Korrupsiya qabul qilinish indeksi (CPI) hamda Ayollar, Biznes va Qonun indeksi (WBL) oʻrganildi. Har bir indeks boʻyicha so‘nggi o‘zgarishlar va O‘zbekistonning pozitsiyasi keltirilib, hukumat siyosatlari, madaniy modernizatsiya va ijtimoiy islohotlar uning reytingiga qanday ta’sir qilgani tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish yo‘lida qo‘yilgan strategik vazifalarning samaradorligini koʻrsatadi.
Hali tarjima qilinmagan