TOSH KASALLIKLARI KIMYOVIY KELIB CHIQISHI , SHAKLLANISH MEXANIZMLARI : BUYRAK TOSHLARI MISOLIDA: Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti “Tibbiy kimyo kafedrasi ”PhD Baxramov H.taqrizi ostida
Annotatsiya
Ushbu maqolada buyrak toshlarining hosil bo‘lish sabablari, xavf omillari va ularning oldini olish usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, buyrak toshlari organizmdagi suyuqlik balansi, siydikning pH darajasi va metabolik jarayonlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning shakllanishiga noto‘g‘ri ovqatlanish, suyuqlik yetishmovchiligi hamda irsiy omillar ta’sir qilishi mumkinligi ta’kidlangan. Biz bu maqolada kasallikning oldini olish uchun kunlik suyuqlik iste’molini oshirish, kalsiy va oksalatga boy mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish hamda muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish zarurligini qayd etamiz. Maqola buyrak salomatligini saqlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyatini yoritadi.
Hali tarjima qilinmagan