SHAXSNING MA’NAVIY-AXLOQIY RIVOJLANISHIDA OILANING O‘RNI: SHARQ FALSAFASI VA PEDAGOGIKASINING ILMIY-NAZARIY TAHLILI
Annotatsiya
Ushbu maqola Yangi O‘zbekiston kelajagini qurishda oilaning ahamiyatini, ayniqsa, mafkuraviy tarbiyaning muhim ijtimoiy omili sifatida tahlil qiladi. Oiladagi mehr-muhabbat, o‘zaro hurmat, burchga sadoqat, ezgulik va g'amxo‘rlikning bolaning ma'naviy-axloqiy kamolotiga ta'siri chuqur o‘rganiladi. Maqolada Al-Forobiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi Sharq mutafakkirlarining inson tarbiyasi, axloqiy fazilatlar, oilaviy munosabatlar va ayollarning oiladagi o‘rni haqidagi qimmatli fikrlari tahlil qilinadi. Ular ta’kidlaganidek, oiladagi ijobiy muhit va to‘g‘ri tarbiya nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki jamiyatning barqarorligi va farovonligi uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot oilaviy tarbiyaning ruhiy olamga ta'sirini va milliy qadriyatlar asosida yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash zarurligini asoslaydi.
Hali tarjima qilinmagan