Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Oʻt haydovchi yigʻmani flavonoidlarini YSSX usulida tahlili

Yulduz MexriddinovaSamarqand Davlat tibbiyot universiteti, farmakognoziya fa farmatsevtik texnologiya kafedrasi 2-kurs magistratura rezidentiNodira FarmanovaToshkent farmatsevtika instituti, farmakognoziya kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor
2025en
ABI

Annotatsiya

Ma’lumki, dorivor yig‘malar (Species) uy sharoitida ishlatishga qulay dori turlariga kiradi. Ular ma’lum kasallikni davolashga mo‘ljallangan bir nеchta dorivor o‘simlik mahsulotlarning maydalangan qismlarining aralashmasida iborat bo’ladi. O‘simlik preparatlarining ta’siri ularning tarkibiga kirgan birikmalar majmuasining ta’siri bilan bog'liq. Jumladan, flavonoid saqlovchi o’simlik va ularning mahsulotlari vitamin P ta’siriga ega, yurak qon-tomirlarining funksional buzilishida, gipеrtoniya kasalligida, tinchlantiruvchi, o‘t (safro) va siydik haydovchi, ichak yarasini davolovchi, qon to‘xtatuvchi sifatida ishlatiladi. Ushbu izlanishda yangi tarkibli o‘t haydovchi yig‘mani flavonoid tarkibini YuSSX usulida o‘rganish natijalari keltirilgan. Izlanishlar natijasi kversetin (1,181%) va uning glikozidi rutin (0,134%) aniqlangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

1 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba