Lee-Yang teoremasini n=2 holat uchun isbotlash
Annotatsiya
Matematik fizika va kompleks tahlilda o‘zaro bog‘liq ko‘plab nazariyalar mavjud bo‘lib, ular orasida Li-Yang teoremasi alohida o‘rin tutadi. Bu teorema statistik fizika va fazaviy o‘tishlar nazariyasida muhim rol o‘ynaydi. Polinomlarning kompleks tekislikdagi ildizlarini tahlil qilish orqali fizik tizimlarning xatti-harakatini o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, bu teorema fizikada termodinamik limit va holat o‘tishlarining nazariy asosi sifatida ko‘riladi. Li-Yang teoremasining asosiy ahamiyati, u kompleks o‘zgaruvchilar polinomining ildizlarini geometrik jihatdan chegaralaydi va statistik tizimlarning xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Li-Yang teoremasining n=2 va n=3 hollar uchun matematik isbotini batafsil keltirish va uning statistik fizika bilan bog‘liq ahamiyatini o‘rganishdan iboratdir.
Hali tarjima qilinmagan