Ingliz tilini oʻqitishda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun emotsional intellekt strategiyalaridan foydalanish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilini chet tili sifatida (EFL) o‘qitishda tanqidiy fikrlash va emotsional intellektni uyg‘unlashtirish masalasi yoritiladi. Tanqidiy fikrlash o‘quvchilarga ma’lumotni tahlil qilish va ongli qarorlar qabul qilish imkonini bersa-da, stress va motivatsiyaning pasayishi kabi hissiy to‘siqlar bu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, emotsional intellekt o‘quvchilarning hissiy muammolarini yengishda va tanqidiy fikrlash samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada EFL darslarida EI va tanqidiy fikrlashni integratsiya qilishning samarali usullari taklif etilib, nazariy asoslar va amaliy metodlarning uyg‘unlashuvi orqali o‘quv jarayonining faolligi hamda natijadorligini kuchaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Hali tarjima qilinmagan