Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Revmatoid artrit kasalligi ichki aʼzolar rivojlanishi bilan kechganda: buyrak zararlanishini erta bosqichlarda aniqlash.

G.B. JoʻraboyevaFargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti katta o‘qituvchisi Fargʻona jamoatS.M. Asqarov
2025en
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Revmatoid artritli bemorlarda buyrak zararlanishining oʻziga xos xususiyatlari oʻrganildi. Revmatoid artritli bemorlar da kasallikning klinik bosqichi, davomiyligi, kasallik faolligi yuqori boʻlishi, rentgenologik bosqichi hamda yoshi ortib borishi bilan buyrak zararlanishi koʻproq aniqlandi. Bemorlar guruhlarida fibroz markyorlari boʻlgan TGF-β1bilan sistatin-C oʻrtasida bogʻliqlik oʻrganilib, ikkala markyorning qondagi miqdori ortib borishi bilan buyrakning funksional holatini baholash mezoni boʻlgan koptokchalar filtratsiya tezligi (KFT) kamayishi tasdiqlandi. KFT va siydik tahliliga koʻra bemorlarda surunkali buyrak kasalligi bosqichlari aniqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar