Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Homiladorlik va tugʻruqdan keyingi depressiya: sabablari va davolash usullari

Umida Inamova MirzayevaToshkent Tibbiyot Akademiyasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi o`qituvchisiIroda RisbekovaToshkent Tibbiyot Akademiyasi 2-son davolash ishi fakulteti talabasi
2025en
ABI

Annotatsiya

Homiladorlik va onalik ayol hayotidagi eng muhim davrlardan biri bo‘lishiga qaramay, u turli xil psixologik muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Tug‘ruqdan keyingi depressiya ko‘plab ayollarda uchraydigan holat bo‘lib, uning rivojlanishiga gormonal o‘zgarishlar, stress, uyqu yetishmovchiligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi depressiyaning asosiy belgilari, rivojlanish mexanizmlari va diagnostikasi yoritiladi. Shuningdek, bu holatning ayolning umumiy ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Depressiyaning oldini olish va davolash usullari – psixoterapiya, farmakologik vositalar va turmush tarzini o‘zgartirish kabi yo‘nalishlarda ko‘rib chiqiladi. Psixoterapevtik yondashuvlar, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya va oilaviy qo‘llab-quvvatlash usullari muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, turli davlatlarda tug‘ruqdan keyingi depressiyani kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari haqida ham ma’lumot beriladi..

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar