Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

Badiiy asarlarni qiyoslash metodi asosida oʻrganish nazariyasi va amaliyoti

Barno HomidovaNamangan davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti magistranti
2025en
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada badiiy asarlarni qiyoslash metodi asosida o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Qiyosiy tahlil usuli orqali o‘quvchilarning adabiy-estetik qarashlarini shakllantirish, mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada adabiy matnlarni qiyoslash orqali ikki yoki undan ortiq asar o‘rtasidagi mavzu, g‘oya, obrazlar tizimi va badiiy vositalarning o‘ziga xosliklarini ochib berish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, bu metodning dars jarayonida qanday qo‘llanishi, o‘quvchilar faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi amaliy fikrlar ham bayon etiladi. Qiyosiy metodning adabiy ta’limdagi ahamiyati, zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unligi va metodik imkoniyatlari asoslab beriladi

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar