Zamonaviy taʼlimda raqamli texnologiyalar va innovatsion metodlarning integratsiyasi: pedagogik yondashuvlar va amaliy tajribalar
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada raqamli texnologiyalar va innovatsion metodlarning zamonaviy ta’lim jarayoniga uyg‘unlashtirilishi bo‘yicha qarashlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi pedagogik faoliyatga yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, maqolada o‘qitishning interaktiv shakllari, raqamli vositalardan samarali foydalanish yo‘llari va ilg‘or tajribalarning mohiyati ochib berilgan. Pedagogik yondashuvlar asosida o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga yo‘naltirish va o‘quv jarayonini sifat jihatidan yangilash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tahlil davomida ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Hali tarjima qilinmagan