QISHLOQ XOʻJALIGIDA YASHIL INNOVATSIYALAR ASOSIDA QOʻSHILGAN QIYMAT YARATISH JARAYONLARIGA TAʼSIR ETUVCHI IQTISODIY OMILLAR
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada qishloq xoʻjaligida yashil innovatsiyalar asosida qoʻshilgan qiymat yaratish jarayonlariga taʼsir etuvchi iqtisodiy omillar oʻrganildi. Qiymat zanjiri, ishlab chiqarish funksiyasi va ekologik raqobatbardoshlik nazariyalari asosida yetti guruhdan iborat omillar tipologiyasi ishlab chiqildi. Statistik 2020-2024-yillar maʼlumotlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat intensivligi hisoblanib, qoʻshilgan qiymat oʻsishi hajm va intensivlik samaralariga ajratildi. Intensivlik 0,570-0,575 oraligʻida barqaror qolgani, 116,1 trln soʻmlik oʻsish deyarli toʻliq ishlab chiqarish hajmi hisobiga yuzaga kelgani aniqlandi. Meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 2018-yilda 13,2 foizni tashkil etgani, 2024-yilda eksportning bir tonnasi oʻrtacha 761 dollarga baholangani koʻrsatildi. Intensivlikni bir foiz punktga oshirish 4,7 trln soʻm qoʻshimcha qiymat berishi asoslandi. Qayta ishlash, energiya tejash, sertifikatlash va sovuq zanjirni rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Tahlil rasmiy statistika, meʼyoriy hujjatlar va xalqaro taqriz qilinadigan jurnallardagi tadqiqotlarga tayandi.