Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KLASTERLARINING BARQAROR INNOVATSION RIVOJLANISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

2025uz
ABI

Annotatsiya

Tezisda yashil iqtisodiyot sharoitida sanoat klasterlarining barqaror innovatsion rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari oʻrganildi. Klaster nazariyasi, Porter gipotezasi, ekologik innovatsiyalar, sanoat simbiozi va aylanma iqtisodiyotga oid ilmiy yondashuvlar umumlashtirildi. 2024-yilgi sanoat va toʻqimachilik koʻrsatkichlari hamda 2025-yilning birinchi yarmidagi qayta tiklanuvchi energetika natijalari 2030-yilgacha belgilangan “yashil” maqsadlar bilan qiyoslandi. Qayta tiklanuvchi manbalarning elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi boʻyicha maqsadning 67,7 foizi bajarilgani, maqsadga erishish uchun bu ulush yiliga oʻrtacha 8,1 foiz oshishi kifoyaligi aniqlandi. Energiya va resurs samaradorligi, sanoat simbiozi, yashil moliyalashtirish va innovatsion hamkorlik mexanizmlarini raqamli monitoring tizimi asosida birlashtirgan model hamda uning samaradorlik koʻrsatkichlari taklif etildi. Taklif etilgan model va koʻrsatkichlar tizimi sanoat klasterlarining yashil rivojlanish darajasini har yili baholab borish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Natijalar klasterlar faoliyatini rejalashtirish va yashil investitsiya loyihalarini tanlashda qoʻllanishi mumkin.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar