KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA SUNʼIY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING RESURSLAR TAQSIMOTI VA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARIGA TAʼSIRI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada kichik biznes subyektlarida sunʼiy intellektdan foydalanishning resurslar taqsimoti va ishlab chiqarish xarajatlariga taʼsir mexanizmi oʻrganildi. Resurslarga asoslangan yondashuv, tranzaksiya xarajatlari nazariyasi va avtomatlashtirishning vazifaviy modeli asosida sunʼiy intellekt prognoz xatosini, brak darajasini va energiya sarfini kamaytiruvchi omil sifatida talqin qilindi. Rasmiy statistikaga koʻra, kichik tadbirkorlikning sanoat mahsulotidagi ulushi 2019-yildagi 25,8 foizdan 2025-yilda 34,9 foizga koʻtarilgani aniqlandi. Uch mahsulotli shartli kichik korxona uchun xarajatlarni minimallashtiruvchi chiziqli dasturlash modelini tuzdi va bazaviy hamda sunʼiy intellekt qoʻllanilgan ssenariylar taqqoslandi. Model natijalariga koʻra, sunʼiy intellekt qoʻllanilgan ssenariyda umumiy xarajatlar 13,1 foizga, brak yoʻqotishlari 35,1 foizga, autsorsing hajmi 32,3 foizga qisqardi. Xarajatlarni tejashning asosiy manbai talab prognozining aniqlashuvi ekani koʻrsatildi va kichik korxonalarda ushbu texnologiyani bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.