Asosiy kontentga oʻtish
Maqola

BARQAROR INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA FAN, TAʼLIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINING RAQAMLI EKOTIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

2025uz
ABI

Annotatsiya

Tezisda barqaror innovatsiyalarni rivojlantirishda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining raqamli ekotizimini takomillashtirish masalalari oʻrganildi. “Uchlik spiral”, “toʻrtlik spiral” va innovatsion ekotizim yondashuvlari asosida integratsiya ishtirokchilari oʻrtasidagi aloqalarning nazariy asoslari umumlashtirildi. Jahon intellektual mulk tashkilotining Global innovatsion indeksi maʼlumotlari asosida Oʻzbekistonning 2020-2025-yillardagi oʻrni hamda innovatsion resurslar va natijalar oʻrtasidagi tafovut baholandi. Resurslar subindeksidagi oʻrin izchil yaxshilanayotgani, natijalar esa ortda qolib, tafovut 2023-yildagi 16 pogʻonadan 2025-yilda 23 pogʻonaga kengaygani aniqlandi; ilmiy-tadqiqot xarajatlari ulushini va universitetlar bilan sanoat hamkorligini oshirish asosiy zaxira sifatida koʻrsatildi. Ilmiy ishlanmalar bozori, kompetensiyalar, qoʻshma loyihalar va barqarorlik monitoringi modullaridan iborat raqamli ekotizim modeli hamda uni takomillashtirish mexanizmlari taklif etildi. Ekotizim samaradorligini baholash uchun fan, taʼlim, ishlab chiqarish, barqarorlik va integratsiya yoʻnalishlari boʻyicha koʻrsatkichlar tizimi hamda innovatsion resurslar va natijalar tafovutini oʻlchovchi oddiy koʻrsatkich ishlab chiqildi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar