TIBBIY SUGʻURTA XIZMATLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHNING USLUBIY YONDASHUVLARI VA KOʻRSATKICHLAR TIZIMI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Tezisda tibbiy sugʻurta xizmatlari raqobatbardoshligini baholashning uslubiy yondashuvlari tizimlashtirildi va koʻrsatkichlar tizimi taklif etildi. Muallif matritsaviy usullar, integral indeks usuli, isteʼmolchi idrokiga asoslangan SERVQUAL modeli, moliyaviy koeffitsientlar tahlili va chegaraviy samaradorlik usullarini koʻrsatkichlar, afzalliklar va cheklovlar boʻyicha qiyoslagan. Zararlilik koeffitsienti hamda min-maks normallashtirishga asoslangan integral raqobatbardoshlik indeksi formulalari keltirildi. Integral indeks usuli boshqa yondashuvlarning koʻrsatkichlarini qamrab olish imkoniyati tufayli tizimning asosi sifatida tanlandi. Moliyaviy barqarorlik, xizmat sifati, bozor pozitsiyasi va raqamli imkoniyatlar bloklaridan iborat koʻrsatkichlar tizimi ishlab chiqildi, har bir koʻrsatkichning hisoblash tartibi, oʻlchov birligi va taʼsir yoʻnalishi aniqlandi. Indikatorlar daraxti koʻrinishidagi model ushbu bloklarning yagona indeksga birlashish mantiqini ochib berdi. Natijada koʻrsatkichlarni yagona hisobot shakliga kiritish, mijozlar soʻrovini muntazam oʻtkazish va raqamli kanallar ulushini baholash boʻyicha takliflar asoslandi. Taklif etilgan tizim tibbiy sugʻurta xizmatlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.