O'ZBEK TILIDAGI SOHALARARO TERMINOLOGIYANING LEKSIKOGRAFIK TADQIQI (texnik terminlar misolida)
Annotatsiya
Monografiyada texnik terminlarning zamonaviy o‘zbek lug‘atlari, xususan, tarmoqqa oid ensiklopedik, izohli, terminologik lug‘atlarda berilgan shakliy-mazmuniy leksikografik izohlari va makon hamda zamonga moslashgan zamonaviy talqinlari yoritilgan. Shningdek, o‘zbek tilida ko‘p qo‘llanuvchi texnik terminlarning vujudga kelishi, qo‘llanishidagi takomillashuvining tarixiy-etimologik manbasi, asl (etimologik) va terminologik ma‘nolari, ularning sinonimlari, muqobillari, variantlari, sohaviy mansubligi (xosligi) zamonaviy leksikografiya tamoyillariga asoslanib tavsiflangan va mukammallashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya tilshunos olimlarga, tilshunoslik ilmi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, turli soha vakillari va oliy o‘quv yurtlari filologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va magistrantlar uchun mo‘ljallangan.