Asosiy kontentga oʻtish
Dissertatsiya

ZIYORAT TURIZMI OBYEKTLARIDA YASHIL TURIZM ELEMENTLARINI JORIY ETISHNING TASHKILIY XUSUSIYATLARI

2025uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ziyorat turizmi obyektlarida yashil turizm elementlarini joriy etishning tashkiliy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ekologik barqarorlik tamoyillari asosida xalqaro tajriba tadqiq qilinib, ularning milliy amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari baholangan. Xususan, ziyorat turizmiga oid maskanlarda mavjud turistik resurslarni samarali boshqarish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, yashil transport infratuzilmasini rivojlantirish va mahalliy aholining faol ishtirokini ta’minlash kabi tashkiliy yo‘nalishlarning o‘rniga urg‘u berilgan. Shu bilan birga, yashil turizm elementlari yordamida ziyorat obyektlarining ekologik samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash hamda ekologik mas’uliyatli ziyoratchilarni jalb qilishga xizmat qiluvchi istiqbol yo‘nalishlar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ziyorat turizmi obyektlarini barqaror boshqarish, milliy turizm sohasida ekologik innovatsiyalarni rivojlantirish va xalqaro turizm bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba