Raqamlashtirish sharoitida uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirishda musiqiy merosdan foydalanish muammolari
Annotatsiya
Annotatsiya: Maqolada Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda musiqiy meros omilini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etishning nazariy-metodologik asoslari, Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi samaradorligini oshirishda musiqiy meros namunalaridan foydalanish imkoniyatlari, Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonida musiqiy meros omilining istiqboldagi vazifalari o`rganilgan. Shuningdek, raqamlashtirish sharoitida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda musiqiy merosdan foydalanish muammolari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: uzluksiz ma’naviy tarbiya, musiqiy meros, ijtimoiy-falsafiy omil, tarbiya, dinamika, uyg‘unlashtirish, ijtimoiy davlat, tizimli-funksional tahlil, nazariy- metodologik asos, taraqqiyot, ijtimoiy qadriyat, madaniyat konteksti.