KISLOROD-MASH'ALLI ERITISH PECHI YONDIRGICH PARAMETRLARI O'ZGARTIRILISHINING AHAMIYATI
Annotatsiya
Kislorod-mash’alli eritish pechi (KMEP) 1968-yilda ishga tushirilgan va yarim asrdan ortiqroq davr mobaynida Olmaliq KMKda muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Jarayon mexanizmi, shixtani yuqori bosim ostida (P - 2.25 bar) texnik kislorod bilan boyitilgan (O2 - 92 - 96%) purkama yordamida eritishga asoslangan. Xomashyo sifatiga ularning kimyoviy, fizik va granulometrik tarkibi bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yiladi. Yuklanadigan shixta bir jinsli, fraksiya yirikligi – 0,074 mm. namligi 0,1-0,5% gacha quritilgan bo‘lishi kerak. Puxta quritish jarayoni KMEP majmuasida joylashgan vertikal quvur-quritgichlarda amalga oshiriladi. Apteyk mintaqasi ostida 15-20 m/s tezlikda purkalgan shixta+kislorod oqimi reaksiyaga kirisha boshlaydi, issiqlik 1300-1400ºC dan yuqori haroratda to‘planadi.