Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

YASHIL IQTISODIYOT: BARQAROR RIVOJLANISHNING ZAMONAVIY MODELI SIFATIDA

Shahzoda UmurzaqovaToshkent amaliy fanlar universiteti 1-bosqich iqtisodiyot yo‘nalishi magistrantiAmridinova D.T.Ilmiy maslahatchi prof.f.f.d
2025
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola yashil iqtisodiyot konsepsiyasining barqaror rivojlanishnita’minlashdagi kompleks va strategik ahamiyatini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Yashiliqtisodiyotning iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamdaijtimoiy inklyuzivlikni kengaytirishdagi o‘rni tizimli ravishda o‘rganiladi. Xususan, yashil iqtisodiyotmodeli orqali yangi va barqaror “yashil” ish o‘rinlarini yaratish, mehnat bozorida sifatli bandliknita’minlash hamda aholining turli ijtimoiy qatlamlari uchun teng imkoniyatlarni shakllantirishmexanizmlari yoritib beriladi. Muallif maqolada resurslardan samarali foydalanish, energiya va suvtejamkor texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash tizimini rivojlantirishorqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish masalalari alohida tahlil qiladi. Shu bilan birga, biologikxilma-xillikni saqlash, tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishining salbiyoqibatlarini yumshatish jarayonida yashil iqtisodiyotning muhim vosita sifatidagi roli ochib beriladi.Hamda ekologik barqarorlik va iqtisodiy manfaatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash orqali uzoqmuddatli rivojlanish asoslari shakllanishi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada yashiliqtisodiyotning ijtimoiy adolatni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, hududlararo rivojlanishtafovutlarini kamaytirish va inklyuziv o‘sishni rag‘batlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi.Yashil innovatsiyalar, ekologik toza texnologiyalar va raqamli yechimlar asosida ishlab chiqarish vaxizmatlar sohasida raqobatbardoshlikni oshirish, milliy iqtisodiyotning global bozorlardagi o‘rninimustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba