O'zbek tilida gaplarni perefraz qilish masalasi
Annotatsiya
Perefraz kompyuter lingvistikasi sohasidagi eng muammoli tushunchalardan biri hisoblanadi. Tor ta’rif –"perefrazlar aynan mantiqiy jihatdan teng bo’lishi kerak" – odatda perefraz yoki kvazi-perefraz deb hisoblanadigan ko’plab holatlarni qamrab ololmasligi aniqlangan. Amaliy ishlarda esa perefraz qilishning ancha erkinroq ta’rifi qo’llaniladi, masalan, "bir xil (yoki o’xshash) ma’noni ifodalovchi muqobil ifodalar". Mazkur o’xshash ma’no tushunchasi "keng va ko’p qirrali tabiati" bo’lgan turli lingvistik hodisalarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, ayrim hollarda perefraz va matnli entaylment, ya’ni jumlalar orasidagi munosabatini farqlash qiyin. Ushbu maqolada O’zbek tilidagi gaplarni perefraz qilish masalalari ko’rib chiqilgan. Jumladan, hozirgi kundagi O’zbek tili lingvistika sohasidagi muammoli masalalar tahlil qilingan. Maqolada gaplarni perefraz qilish vazifalari, mashhur perefraz korpuslari, Gaplarni perefraz qiluvchi axborot tizimini ishlab chiqishdagi umumiy jarayonlar ko’rib chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan