ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDAN CHIQADIGAN CO₂ GAZLARINI ZARARINI KAMAYTIRISH UCHUN NANOMATERIAL YARATISH
Annotatsiya
Bugungi kunda sanoat korxonalaridan chiqayotgan karbonat angidrid (CO₂) gazi iqlim o‘zgarishi va issiqxona effektiga sabab bo‘luvchi jiddiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun nanomateriallardan foydalanish istiqbolli yechim sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, metall-organik karkaslar (MOK), grafen hosilalari va zeolitlar yuqori sirt maydoni va g‘ovak tuzilishi tufayli CO₂ ni samarali adsorbsiya qila oladi. Nanotexnologiyalar faqat gazni ushlash bilan cheklanmay, balki katalitik nanomateriallar yordamida CO₂ ni qayta ishlash va undan sun’iy yoqilg‘ilar hamda polimerlar olish imkonini beradi. Shuningdek, nanomembranalar gaz ajratish jarayonlarini takomillashtirib, energiya sarfini kamaytiradi. Biroq, nanomateriallarning keng qo‘llanilishi ishlab chiqarish xarajatlari va ekologik xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunga qaramay, ushbu texnologiyalar CO₂ ni kamaytirish va barqaror energiya yechimlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hali tarjima qilinmagan