Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

SO'X HAVZASIDA OLIB BORILGAN ARXEOLOGIYA TADQIQOT ISHLARI

M.Kh. PardaevNordic International University
2025
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada 2019 – 2024 yillar Farg‘ona vodiysi So‘x havzasida olib borilgan keng qamrovli arxeologik tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Xususan, ushbu arxeologik tadqiqotlar davomida hududning arxeologik yodgorliklari geoma’lumotlar ombori hamda raqamli arxeologik xaritasi yaratilgan bo‘lib, u o‘zida 81 ta shahar va qishloq tipidagi manzilgohlar, 3 ta petrogliflar majmuasi, 4 ta qal’a-qo‘rg‘onlar, 11 ta qabriston va mozorqo‘rg‘onlar, 9 ta sochma holatdagi topilmajoylar va 4 ta g‘or tipidagi, jami 112 ta arxeologik yodgorlik va topilmajoylar haqidagi raqamli, grafik va matnli ma’lumotlarni jamlaydi. Tadqiqotlar eramiz boshlarida havzadagi madaniy landshaftlar chegarasi hozirgi Markaziy Farg‘ona qumliklarigacha bo‘lgan hududlarga yoyilganligini, eramizning II–III asrlarida havzadagi aholi manzilgohlari soni hamda sopol buyumlardagi rang-baranglik eng yuqori darajasiga chiqqanligini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqotlar So‘x vodiysi va boshqa hududlarda o‘tkaziladigan kelgusi ilmiy izlanishlar uchun asosiy manba bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagi qadimgi landshaftlarning shakllanishi va urbanistik jarayonlarning rivojlanishini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba