NOMODDIY AKTIVLAR AUDITINI RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida nomoddiy aktivlarning ahamiyati tobora ortibbormoqda. Shu bilan birga, ushbu aktivlarning auditini amalga oshirish hammurakkablashmoqda. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, axborothajmining oshishi va tranzaksiyalar tezligining yuqoriligi an'anaviy audit usullariniqayta ko‘rib chiqish zaruratini tug‘dirmoqda. Raqamli texnologiyalar yordamidaaudit jarayonlarini avtomatlashtirish, shaffoflik va aniqlik darajasini oshirishdamuhim ahamiyat kasb etadi. Nomoddiy aktivlarning auditini raqamlashtirish vatakomillashtirish jarayonida blokcheyn kabi zamonaviy texnologiyalar auditorlargama'lumotlarning yaxlitligini ta'minlash, real vaqt rejimida tranzaksiyalarni nazoratqilish va ishonchlilikni oshirish imkonini beradi. O‘zbekiston sharoitida auditorlikfaoliyatining xalqaro standartlarga moslashtirilishi va raqamli vositalar bilanintegratsiyalashuvi moliyaviy hisobotlarning sifatini yanada yaxshilashga xizmatqiladi. Ushbu masalalarni inobatga olib, raqamli iqtisodiyot sharoitida nomoddiyaktivlar auditini takomillashtirish bo‘yicha samarali mexanizmlar va amaliytavsiyalar ishlab chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.