Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Grafit asosidagi modifikatsiyalangan elektrodlar yordamida temir va rux saqlagan dori vositalarini tahlil qilish

Qudrat BoqiyevNational University of UzbekistanMaqsud SayfiyevNational University of UzbekistanMaxsuda NAZAROVATashkent Medical AcademyDilshod ZiyaevNational University of Uzbekistan
2025
ABI

Annotatsiya

Dori vositalarining sifat nazorati muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ayniqsa,tarkibida temir va rux kabi muhim mikroelementlarni o‘z ichiga olgan preparatlarning tarkibini aniq aniqlash muhimhisoblanadi. Ushbu ionlarning organizmdagi roli katta bo‘lib, ularning ortiqcha yoki yetishmovchiligi sog‘liq uchunsalbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. An’anaviy kimyoviy va spektroskopik usullar bilan bir qatorda, elektroanalitik130usullar, xususan, modifikatsiyalangan elektrodlar asosidagi voltamperometriya yuqori sezuvchanlik va aniqliknita’minlaydi.Temir va rux inson organizmi uchun muhim mikroelementlar bo‘lib, ular qon hosil bo‘lish jarayonida,immun tizimining faoliyatida va fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi. Farmatsevtik bozorda ushbu elementlarnio‘z ichiga olgan turli xil dori vositalari, jumladan, temir sulfati, temir glyukonati va rux oksidi asosidagi preparatlarkeng qo‘llaniladi. Ularning doimiy monitoringi va sifat nazorati dori vositalarining samaradorligini ta’minlash vanojo‘ya ta’sirlarning oldini olish uchun zarur. Ayniqsa, innovatsion elektrokimyoviy sensorlar yordamida ushbuelementlarni aniq aniqlash usullarining rivojlanishi farmatsevtika va tibbiyot sohalarida katta ahamiyat kasb etadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba