Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

OLIY TA'LIM TIZIMIDA XALQARO REYTING MEZONLARINI INTEGRATSIYA QILISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Kudratbek MakhmudovChirchik State Pedagogical University
2025
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda oliy ta’lim tizimida xalqaro reyting mezonlarini integratsiya qilishning ilmiy-pedagogik asoslari tadqiq etilib, xalqaro reyting tizimlari bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashning global mezonlariga aylanib, ularning strategik qarorlari, boshqaruv yondashuvlari va rivojlanish ustuvorliklariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Biroq reyting mezonlarini oliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish oddiy ma’muriy yoki mexanik jarayon sifatida emas, balki ilmiypedagogik asoslangan yondashuv sifatida talqin etilishi lozim. Aks holda, mazkur jarayon ta’lim sifatini real oshirish o‘rniga faqat o‘lchanadigan ko‘rsatkichlarni yuzaki optimallashtirish bilan cheklanib qolishi mumkin. Adabiyotlar tahlili va monografik tadqiqot natijalari asosida xalqaro reyting mezonlarini samarali integratsiya qilishning beshta asosiy ilmiy-pedagogik asosi aniqlangan: tizimliintegrativ yondashuv, kontekstual moslashtirish, pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik, dalillarga asoslangan monitoring hamda manfaatdor tomonlar ishtiroki. Ushbu asoslar reyting mezonlarini muassasaning butun tizimiga singdirish, ularni milliy va mahalliy ta’lim missiyasi bilan uyg‘unlashtirish, o‘quv natijalari bilan bog‘lash, ma’lumotlar tahlili va benchmarking asosida boshqarish hamda professoro‘qituvchilar va talabalar ishtirokida amalga oshirish imkonini beradi. Tezisda reyting mezonlarini integratsiya qilishning instrumental va rivojlantiruvchi yondashuvlari farqlanadi. Xulosa qilinadiki, OTMlar uchun xalqaro reyting mezonlarini ilmiy-pedagogik asosda integratsiya qilish barqaror rivojlanish, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba