INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING OLIY TA"LIMDAGI XALQARO REYTINGLARGA TA"SIRI
Annotatsiya
Raqamli transformatsiya va globallashuvning jadal sur’atlarda kechayotgan davrida OTMlar zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishni nafaqat zarurat, balki raqobatbardoshlikni ta’minlovchi strategik omil sifatida qaramoqda. Ushbu tezisimizda innovatsion texnologiyalarning – raqamli platformalar, sun’iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik, gamifikatsiya – ta’lim sifati, talabalar faolligi va OTMlarning xalqaro reytinglardagi o‘rniga ta’siri tahlil qilingan. Kichik tadqiqotimizda dunyodagi eng mashhur reyting tizimlari – QS, Times Higher Education va Academic Ranking of World Universities – metodologiyalari o‘rganilib, ularning innovatsion yondashuvlarga qanday e’tibor qaratishi aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ta’limda texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi o‘quv sifatini oshiradi, talabalarning shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’limni ta’minlaydi, ilmiy-innovatsion faoliyatni kuchaytiradi va boshqaruv samaradorligini oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida, OTMning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi. Tahlilga tortilgan ma’lumotlarimiz asosida innovatsion texnologiyalarni izchil joriy etish, raqamli infratuzilmani takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqish zamonaviy OTMlar uchun muhim yo‘nalishlar sifatida e’tirof etilishini xulosa qildik.
Hali tarjima qilinmagan