Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Oʻsmirlik davrida kommunikativ ustanovkalarni shakllanishining psixologik xususiyatlari

E'tibor RaximovaUrganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2025
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

O‘smirlarning gender xulq-atvori bilan bog‘liq masalalar so‘nggi paytlarda olimlar va amaliyotchilar tomonidan faol muhokama qilinayotgan masalalar qatoriga kiradi. Ma’lumki, o‘smirlik davrida shaxsning shakllanishiga jinsiy yetilish sezilarli ta’sir ko‘rsatadi [6]. O‘smirlarga tarbiya va individual yondashuvning zamonaviy talablarini jinsning psixologik xususiyatlarini, maktab o‘quvchisining gender o‘z-o‘zini anglashini hisobga olmasdan tushunib bo‘lmaydi. F. Rays ta’kidlaganidek, rivojlanish davrining boshida muloqot gomo ijtimoiy xususiyatga ega bo‘ladi, ya’ni bolalar o‘z jinsidagi tengdoshlari bilan muloqot qilishni afzal ko‘radilar, keyinchalik esa muloqot geterosotsial tus oladi - har ikki jins vakillari bilan kommunikativ o‘zaro ta’sirga kirishish tendensiyasi kuzatiladi [6]. O‘smirlik yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalarning muloqotda o‘zini namoyon qilish imkoniyati ko‘p jihatdan ularning kommunikativ ustanovkalari bilan belgilanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar