Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Virtual reallik vositalaridan foydalanib ingliz tilini oʻqitishning metodik konsepsiyasi

Maftuna AlimovaAndijon davlat chet tillari instituti o‘qituvchisi
2025
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda virtual reallik (VR) vositalaridan foydalanishning metodik konsepsiyasi tahlil qilinadi. Virtual muhitda yaratilgan o‘quv vaziyatlari talabalarga chet tilini tabiiy sharoitda qo‘llash, muloqot kompetensiyasini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish va ijodkorlikni oshirish imkonini beradi. Muallif tomonidan VR texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi afzalliklari, ularni samarali qo‘llash shart-sharoitlari hamda metodik jihatlari yoritiladi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tajribalar tahlil qilinib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida VR asosidagi innovatsion ta’limiy yondashuvlarni joriy etishning dolzarbligi asoslab beriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar