Internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar psixologiyasiga taʼsiri
Annotatsiya
Ushbu maqolada internet va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar psixologiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri har tomonlama tahlil qilinadi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular nafaqat muloqot vositasi, balki shaxsiy indentifikatsiya, dunyoqarash va ijtimoiy me’yorlarning shakllanishida muhim rol o‘ynamoqda. Zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi yoshlarning ruhiy holati, ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik, muloqotdagi o‘zgarishlar, yolg‘izlik hissi, depressiya, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi kabi psixologik holatlar o‘rganiladi.
Hali tarjima qilinmagan