Raqamli media diskursini oʻrganishda lingvistik metodologiyalar: nazariy va amaliy yondashuvlar
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi natijasida shakllangan raqamli media diskursini lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilishga qaratilgan metodologiyalar tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, raqamli platformalarda yuzaga kelayotgan yangi til shakllari, multimodal vositalar va interaktiv nutqiy strategiyalar mavjud lingvistik metodlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Muallif diskurs tahlili, medialingvistika, sotsiopragmatika va multimodal tahlil kabi metodologik yondashuvlarni nazariy va amaliy jihatlarini o’rganadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu metodlarning integratsiyasi raqamli media matnlarini chuqur va kontekstual anglashda samarali bo‘lishi aniqlangan. Maqola raqamli tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar va olimlar uchun amaliy metodik asos sifatida xizmat qiladi. Muallif tomonidan taklif etilgan metodlar kombinatsiyasi hozirgi va kelajakdagi raqamli media tadqiqotlari uchun nazariy va amaliy yo‘nalishlarni belgilaydi.
Hali tarjima qilinmagan