Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Migratsiya jarayonlarini oʻrganish nazariyasi va metodologiyasi

OLIM PARDAYEVShirin MirzayevaSEVINCH RAYIMKULOVAO‘zbekiston, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Inson resurslarini boshqarish” yo‘nalishi talabasi
2025
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada migratsiya jarayonlarini o‘rganishga doir turli nazariy va metodologik yondashuvlar tizimli tahlil qilinadi. Bugungi globallashgan va raqamli iqtisodiyot sharoitida migratsiya faqat aholi harakati emas, balki u mamlakatlarning mehnat bozori, iqtisodiy rivojlanishi, demografik tarkibi va ijtimoiy muvozanatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda migratsiyaning asosiy sabablariga: iqtisodiy farqlar, ijtimoiy beqarorlik, ekologik xavflar va siyosiy ziddiyatlar misolida yondashiladi. Klassik nazariyalar (A. Smit, R. Равенштейн), Kейнсiy yondashuvlar, push-pull modeli, tarmoqlar va transmilliy yondashuvlar asosida migratsiya sabablari tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, zamonaviy ilmiy-tadqiqot metodologiyalari: empirik kuzatuv, statistik modellashtirish, GIS-texnologiyalar asosida tahlil qilish, migratsion profiling tuzish kabilar muhokama qilinadi. Migratsiya oqibatlarini — mehnat resurslarining oqimi, “miyaning oqishi”, oilaviy struktura buzilishi, ijtimoiy inqirozlar — ilmiy asosda baholash zarurligi asoslanadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar